Korrupsiya

Jahon boʻylab korrupsiyani idrok etish koʻrsatkichi (Transparency International, 2010-yil).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi

Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish Korrupsiya koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib „oʻz qarzini“ qaytaradi). Aksariyat Korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha „Lokxid ishi“ eng yirik Korrupsiya koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq „xizmat haqi“ toʻlash amaliyotidan foydalaniladi[1].

Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan, korrupsiya iqtisodiy oʻsish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta omildir[2] [3].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. [1] (Wayback Machine saytida 2009-09-20 sanasida arxivlangan)(ingl.)
  3. Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper 94/99. — International Monetary Fund, Washington, DC. — 1994. [2](ingl.)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search