Lyublyana

LyublyanaSloveniya poytaxti. Lyublyanitse daryosi boʻyida, uning Sava daryosiga quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 270,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik va metallsozlik (yirik gidrokuvurlar zavodi, elektrotexnika buyumlari, priborlar ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Kimyo, poligrafiya, farmatsevtika, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sloveniya fan va sanʼat akademiyasi, universitet (1595), filarmoniya (1702), yadro tadqiqotlari instituti va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari, milliy, etnografiya muzeylari, kutubxonalar, milliy va zamonaviy galereyalar bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi. L. slavyanlar qishlori sifatida 1144-yildan maʼlum. 13-asrning 2-yarmidan shahar, Krayna tarixiy viloyatining maʼmuriy markazi. 1335—1918-yillarda (vaqt-vaqti bilan) gabsburglar hukmronligi ostida boʻlgan. 1918-yilda Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tashkil topishi bilan L. — Sloveniya, 1992-yildan mustaqil Sloveniya Resggublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Grad qasri (9—19-asrlar), yepiskop saroyi (16—18-asrlar), cherkovlar, San-Nikolay sobori (18—19-asrlar), ratusha, opera teatri binosi va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search