Mashhad

Mashhad / مشهد
shahar
Koohsangi street
Mooze Naderi
Tomb of Ferdowsi
Hedayat Little Bazaar
National Garden
Imam Reza
Mashhad entrance
Shah Mosque Mashhad
36°18′25″N 59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E / 36.30694; 59.60417
Mamlakat Eron
Uston Razaviy Xuroson ustoni
Hukumat
 • Shahrdor Savlat Murtazaviy
Maydon 327 km2 (126 kv mi)
Markazi balandligi 995 m
Iqlim turi subtropik-ichkikontinental
Rasmiy til(lar)i forscha
Aholisi
 (2011)
2 749 374
Zichligi 8 400 kishi/km2
Milliy tarkib forslar, turkmanlar, kurdlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi)
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 51
Mashhad / مشهد xaritada
Mashhad / مشهد
Mashhad / مشهد

Mashhad (forscha: مشهد / Maŝhad) — Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar. Razaviy Xuroson ustonining maʼmuriy markazi. Kattaligi va aholisi soni boʻyicha Eronning ikkinchi (Tehrondan keyin) yirik shahri. 2011-yil maʼlumotlariga koʻra, Mashhadda 2 million 750 mingdan koʻproq kishi yashaydi. Mashhad aglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Shaharning umumiy maydoni — 327 km². Eronning eng yirik diniy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, savdo va sanoat markazlaridan biri.

Mashhad shahri, Razaviy Xuroson ustonining shimoli-sharqida, Kashafrud daryosi vodiysida joylashgan. Eron-Turkmaniston davlat chegarasidan taxminan 70 kilometr janubda joylashgan. Tehron — Mashhad temir yoʻl liniyasining oxirgi stansiyasi, Eron shimoli-sharqidagi muhim va yirik avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar hududi oʻrtacha dengiz sathidan 995 metr balandlikda joylashgan.

Mashhad Eronning metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati boʻyicha eng yetuk shaharlaridan biri hisoblanadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr styasi, universitet bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, uy-roʻzgʻor va zargarlik buyumlari tayyorlanadi.

M. oʻrnida 9-asrda Sanobod qishlogʻi boʻlgan. M. nomi dastlab arab geograflari asarlarida tilga olingan (10-asrda). Shahar 11—12-asrlarda gʻaznaviylar va saljuqiylar qoʻl ostida boʻlgan. 13-asr oxirida moʻgʻullar hujumi natijasida shaharning koʻp qismi buzilgan. 14-asr oxiridan Xurosonning eng yirik shaharlaridan biri. Temuriylar va Safaviylar hukmronligi davrida M. ravnaqtopgan. 1736—47 yillarda Nodirshoh davlatining poytaxti. 1795-yilda M.ni qojarlar egallagan.

M. — shialarning "muqaddas" shahri. Meʼmoriy yodgorliklaridan Imom Rizo maqbarasi (9-asr). Gavharshod begim masjidi (1405—18), Madrasa, karvonsaroylar saqlangan. Nodirshohmaqbarasi, Rizoshoh bemoristoni 20-asrda qurilgan. Shahar chekkasida fors shoiri A. Firdavsiyning qabri bor (qabr ustiga maqbara qurilgan).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search