Muhammadning ayollari

Mo'minlarning onalari
أمهات المؤمنين
Turmush oʻrtogʻi
Turmush yillari
Xadicha595–619
Savda619–632
Oysha623–632
Hafsa625–632
Ummu al-Masakin625–626
Ummu Salama625–632
Rayhona627–631
Zaynab627–632
Juvayriya628–632
Umm Habibah628–632
Safiya629–632
Maymuna629–632
Maria628–632

Islom paygʻambari Muhammad s.a.v ga 13 nafar ayol turmushga chiqdi. Musulmonlar hurmat belgisi sifatida ularga murojaat qilishdan oldin yoki keyin, Qur’on 33:6 dan olingan atama Ummu al-Moʻminin (arabcha: أم ٱلْمُؤْمِنِين‎‎) ni ishlatishdi. Bu ibora „Moʻminlarning onasi“ degan maʼnoni anglatadi.[1][2]

Muhammad s.a.v 25 yoshida birinchi xotini Xadicha binti Xuvaylidga uylangan. Bu nikoh 25 yil davom etgan. Milodiy 619-yilda vafotidan keyin[3] umrining qolgan yillarida jami 12 ta ayolga uylandi. Bu ayollardan ikkitasi: Xadicha va Mariya al-Qibtiyya farzand koʻrdilar.

Muhammad s.a.v ning hayoti anʼanaviy ravishda ikki davrga boʻlinadi: hijratdan oldingi Makka (gʻarbiy Arabistondagi shahar) milodiy 570-yildan 622-yilgacha va Madinada hijratdan keyingi 622-yildan 632-yilda vafotigacha boʻlgan davrlar. Hijrat deganda Muhammad s.a.v va uning izdoshlari Makkada musulmonlar duch kelgan zulmlar tufayli Madinaga ommaviy hijrat qilishlari tushuniladi. Uning ikki nikohidan boshqa barcha nikohlari shu hijratdan keyin boʻlgan.

  1. Aleem, Shamim „12. Mothers of Believers“,. Prophet Muhammad(s) and His Family. AuthorHouse, 2007 — 85 bet. ISBN 978-1-4343-2357-6. 
  2. [Qurʼon 33:6]
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search