Naql

Naql (arab.) — a) xalq tomonidan toʻqilgan va avloddan avlodga oʻtib kelayotgan ogʻzaki hikoya, rivoyat, qissa; b) hikoya qilish, bayon qilish; v) maqol maʼnosida. Mas, Yaxshilik qil, daryoga tashla; baliq bilur, baliq bilmasa, xoliqbilur. "Naql" soʻzidan kelib chiqqan noqil, naqlchi shakllari hikoya qiluvchi shaxs maʼnosini anglatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search