Neonatsizm

Neonatsizm Ikkinchi jahon urushidan keyingi millatchilik va irqchilik bilan bogʻliq jangari, ijtimoiy va siyosiy harakatlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu oqim ekstremistlari natsistlar mafkurasini qayta tiklash intilishadi. Neonatsistlar oʻz mafkurasini qora tanlilar ustidan nafrat orqali oq tanlilar ustunligini targʻib qilish, irqiy va diniy qarashlarni cheklash (antisemitizm va islomofobiya) va fashistik davlat yaratish haqidagi gʻoyalar bilan ifodalashadi[1][2].

Neonatsizm global hodisa boʻlib, koʻplab mamlakatlarda va xalqaro tarmoqlarda uyushgan vakillikka ega. Ushbu vakillik natsistlar taʼlimotidan, jumladan, antisemitizm, ultramillatchilik, irqchilik, ksenofobiya, ablizm, gomofobiya, antiromanizm, antikommunizm va „Toʻrtinchi Reyx“ ni yaratish kabi jihatlarni oʻz ichiga oladi. Neonatsistlar xolokostni (Gitler yahudiylarni qirib tashlaganini) inkor etishadi.

Neonatsistlar muntazam ravishda fashistlarning ramzlarini namoyish etadilar va Adolf Gitler va boshqa natsistlar rahbarlari dohiy deb biladilar. Ayrim Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida qonunlar natsistlar tarafdori, irqchilik, antisemit yoki gomofobik qarashlarni ifodalashni taqiqlaydi. Yevropa mamlakatlarida (ayniqsa, Germaniyada) neonatsizmga chek qoʻyish maqsadida natsistlarga tegishli koʻplab ramzlar taqiqlangan.

  1. Gay, Kathlyn (1997) Neo-Nazis: A Growing Threat. Enslow. p. 114. ISBN 978-0894909016. Quote: "Neo-Nazis … use fear and violence in their efforts to destroy minorities. Their goal is to establish a „superior“ society."(emphasis added)
  2. Staff (ndg) „Ideologies: Neo Nazi“ Southern Poverty Law Center. Quote: „While some neo-Nazi groups emphasize simple hatred, others are more focused on the revolutionary creation of a fascist political state.“ (emphasis added)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search