Nodirshoh

Nodirshoh afshor, Nodirquli (1688-yil 22-oktabr - 1747-yil 19-iyun) - (1736-1747) Afshorlar sulolasi asoschisi. Kavkazdan Hind daryosigacha bo'lgan hududda imperiya tashkil qilgan.

Nodir Xurosonda tug'ilgan. Yoshligida uni Nodirquli deb chaqirishgan. Otasi turkmanlarning afshor urug'iga mansub edi. Nodirquli 18 yoshida Xorazm o'zbeklari tomonidan onasi bilan birga qul qilib haydab ketilgandi. Oradan ko'p o'tmay qullikdan qochib Xurosonga qaytib keldi va o'sha yerlarda mahalliy hokimlar qo'shinida xizmat qila boshladi. Nodirquli ikki marta qaroqchilar to'dasiga sardorlik qilgan. Nodirqulining nomi tez orada mahalliy hukmdorlarga ma'lum bo'lib, uning xizmatidan foydalanishni ko'zlashdi. Bobulbek huzurida xizmatda bo'lgan Nodirquli uning qizini o'g'irlab uylanadi. Bu nikohdan Rizoquli tug'ildi.

1722-yili Isfahonni g'ilzoylar egallashgach, Erondagi afg'onlar hukmronligi boshlandi.

Nodirning harakatlaridan xabardor bo'lgan Kelatda yashovchi amakisi uni shaharda qaroqchilik bilan shug'ullanyotgan afg'onlarni quvishga chaqirdi. Nodirquli qisqa muddat ichida shaharda tartib o'rnatdi. Keyin Mashhadga yurish qilib uni seyistonliklardan tortib oldi. Nodirning nomi butun mamlakatga tarqaldi. Shundan so'ng amakisi Nodirga qaroqchilikni tashlab bosqinchilarni mamlakatdan quvish kerakligini tushuntirdi. U shunday degan: "Faqat shu yo'l bilangina qilmishlaringni shoh oldida oqlashing mumkin, aks holda, ertami-kechmi seni sharmandali o'lim kutadi".

Nodir 1726-yili 3 ming qo'shin bilan afg'onlarga qarshi kuch to'playptgan yosh shoh Tahmasp II ga qo'shilish uchun Mozandaronga bordi. Nodirquli Eronning ba'zi hududlarini nazorat qilayotgan safaviy shohi Tahmaspdan qilmishlari uchun kechirim so'radi va yengilmas deb tasavvur qilingan afg'onlarni Erondan. quvib chiqarishda yordam berishini aytdi. Shoh uning uzrini qilib xizmatga oldi. Nodir Tahmaspni buyrug'i bilan Astrobodga yurish qildi. Nodir qo'shini Farnobodda turkmanlarni yengib Astrobodni ishg'ol qildi va ular to'plagan barcha xazinani qo'lga kiritdi. Bunga minnatdorlik ramzi sifatida Tahmasp II Nodirga sulton unvonini berdi. 1729-yili Nodirquli qo'shini Damg'on yaqinida afg'onlarni tor-mor keltirdi va Afg'onistonga surib tashladi. U o'z amakisi Kelat noibini o'ldirib afg'onlarning 7 yillik hukmronligiga barham berdi. Tahmasp Nodirni kuchayib ketishidan xavfsirab harbiy harakatlarni to'xtarishini buyurdi, biroq Nodir shoh saroyiga kelib davlatda yuqori lavozimni talab qildi. Tahmasp II unga Xuroson, Mozandaron, Seyiston va Kermon viloyatlarini topshirdi. Shuningdek, Xurosonda o'z nomidan tanga zarb qilishiga ham ruxsat etdi.

Nodirquli birozdan so'ng qo'shinini Ozarbayjon va Iroqi Arabni egallab turgan turklarga qarshi boshladi. Nodir Armonistonga g'olibona yurdi, lekin Tahmasp harbiy harakatlarga aralashdi va Nodir egallagan barcha yerlarni boy berish bilan birga Eronni bir qismini turklarga topshirishga majbur bo'ldi.

Nodir ommada turklar bilan tuzilgan sulhga nafrat uyg'ota oldi. Nodirquli 1732-yili Tahmaspni taxdan ag'darib, o'rniga balog'atga yetmagan o'g'li Abbos III ni taxtga o'tkazdi va o'zini shoh otalig'i deb e'lon qildi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search