Nupedia

Nupedia

Nupedia sahifasidan skrinshot
Joriy holati 2003-yil sentyabr oyida faoliyatini toʻxtatgan. Uning oʻrniga Wikipediya rivojlantirilgan
Slogani inglizcha: the open content encyclopedia
inglizcha: the free encyclopedia
Tijoratmi Yoʻq
Sayt turi Onlayn ensiklopediya
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda Ingliz tili
Nemis tili
Ispan tili
Fransuz tili
Italyan tili
Muassisi Bomis (rasmiy shaklda)
Muallifi Jimmy Wales
Larry Sanger
Ochilgan sanasi 9-mart 2000
URL nupedia.com

Nupedia — ingliz tilida yaratilgan onlayn ensiklopediya. Nupedia maqolalari mavzu boʻyicha tegishli tajribaga ega boʻlgan koʻngilli tadqiqotchilar tomonidan yozib toʻldirilgan. Nupediada maqolalar nashr etilishidan oldin ekspert muharrirlar tomonidan koʻrib chiqiladi va bepul kontent sifatida litsenziyalanadi. Nupediaga Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Nupedia 1999-yil oktyabr oyidan[1][2] 2003-yil sentyabr oyigacha ishlagan. Bugungi kunda Nupedia Vikipediyaning salafi sifatida tanilgan. Ammo Nupedia wiki asosidagi yangilanishlardan farqli, maqolalarni joylashtirishdan oldin joylashtirilayotgan maqolalarni nazorat qilish uchun yetti bosqichli tasdiqlash jarayoniga ega edi. Nupedia qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ekspertlar qoidalarni oldindan belgilab qoʻyishgan edi. Shuning uchun dastlabki yili Nupediaga atigi 21 ta maqola joylangan edi. Vikipediyada esa dastlabki oyda 200 ta maqola, birinchi yili esa 18 000 ta maqola joylashtirilgan[3].

Vikipediyadan farqli oʻlaroq, Nupedia wiki emas edi. Buning oʻrniga Nupedia oʻz maqolalarini professional ensiklopediyalar bilan taqqoslanadigan darajada sifatli qilish uchun moʻljallangan keng qamrovli ekspertiza jarayoni bilan ajralib turardi. Nupedia olimlarni koʻngillilar tarkibiga jalb qilishni xohlagan[4]. Nupedia oʻz faoliyatini toʻxtatishidan oldin 24 ta maqola chop etish uchun tasdiqlangan edi. Shuningdek, yana 150 ta maqola koʻrib chiqish, tekshirish jarayonida boʻlgan[5][6][7][8]. Nupedia faoliyatini toʻxtatgandan soʻng, Wales yangi Vikipediyada maqolalarni joylashtirish oson boʻlishini xohladi. Sanger esa Nupedia[3] tomonidan qoʻllaniladigan tamoyillarni afzal koʻrdi va keyinchalik 2006-yilda Vikipediyaga ekspert tomonidan koʻrib chiqilgan alternativa sifatida „Citizendium“ga asos soldi[9].

2008-yil iyun oyida CNET Nupediani Internet tarixida eng kam foydalanilgan web saytlar roʻyxatiga kiritdi va Nupediaga maqola joylashtirishdagi juda qattiq nazorat va tekshiruvlarni taʼkidladi[10].

  1. „Nupedia.com WHOIS, DNS, & DomainTools“. WHOIS (2016). 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-mart.
  2. Poe. „The Hive“. The Atlantic (2006-yil sentyabr). 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Sanger, Larry. „The Early History of Nupedia and Wikipedia: A Memoir“. Slashdot (2005-yil 18-aprel). 2009-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-may.
  4. Lih, Andrew. The Wikipedia Revolution: How a Bunch of Nobodies Created the World's Greatest Encyclopedia. London: Aurum, 2009 — 38 bet. ISBN 9781845134730. OCLC 280430641. „His academic roots compelled Sanger to insist on one rigid requirement for his editors: a pedigree. "We wish editors to be true experts in their fields and (with a few exceptions) possess Ph.Ds." read the Nupedia policy.“ 
  5. Craig 2013, p. 84
  6. Ayers 2008
  7. Myers 2006, p. 163
  8. „When Wikipedia was young: the early years“ (en-US). VatorNews (2017-yil 13-iyun). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul.
  9. „Wikipedia founder forks Wikipedia“ (en). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  10. Lanxon. „The greatest defunct Web sites and dotcom disasters“. CNET UK (2008-yil 5-iyun). 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search