Palov

Palov
Turi Asosiy taomlar
Kelib chiqishi

Asosiy komponentlari guruch
Boshqa komponentlari goʻsht (qoʻy goʻshti, tovuq goʻshti), sabzi, oʻsimlik moyi, piyoz, quruq mevalar
Oʻxshashlari Biryani, Paelya, Rizotto
Retsepti Palov
Oʻrta Osiyo palovini tayyorlash jarayoni
Toshkentda palov suzish jarayoni

Palov, osh (forscha: پلو [polov]; hind. पुलाव [palāu]; sans. पुलाक [pulāka] «dimlangan guruch»[1]; qozoqcha: палау; qirgʻizcha: палоо, аш; qrmtat. pilâv; tojikcha: оши палов; tatarcha: pılaw, пылау; turkcha: pilav; turkm. palow; uygʻurcha: полу/ﭘﻮﻟﯘ) — asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.

Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzgacha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlar ishlatiladi. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekistonda oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinmoqda.

  1. Hasandust, Mohammad. An etymological dictionary of Persian language. Tehran: Iranian Academy of Persian language and literature, 2004. ISBN 964-7531-28-1. Vol. I, p. 285 (fors.))

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search