Qibla

Qibla (Arabcha: قبلة; arab. — Qarshi tomonda turgan narsa) — musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzini qaratib turadigan tomon. Dastlab Muhammad(S.A.V) va ularning tarafdorlari Quddus tomonga qarab namoz oʻqishgan. Hijriy 2-yili (624-yil) Makkadagi Kaʼba barcha musulmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Har bir musulmon qayerda boʻlmasin, albatta Qibla tomonga qarab namoz oʻqiydi. Masjidlarda mehrob Qibla tomonga oʻrnatiladi, shu tomonga qarab azon aytiladi. Islomdagi koʻp marosimlar ham, odatda, Qiblaga qarab bajariladi. Marhum koʻmilganda ham yuzi Qiblaga qaratib qoʻyiladi. Islom shariati Qibla tomonni ulugʻlaydi, Qibla tomonga oyoqlarni uzatib oʻtirish va yotish odobsizlik hisoblanadi. Oʻzbekistonga nisbatan Qibla janubigʻarb tomonda boʻlib, kompas mili Gʻarb nuqtasidan chap tomonga 14 gradus qaytishi kerak.

A man raising his hands in prayer in front of the Kaaba
Ziyoratchi Makka masjidida musulmonlar qiblasi bo'lmish Ka'ba tomonga yuzlanib duo o'qiydi.
A group of people prostrates in the same direction
Qo'shma Shtatlardagi namozxonlar jamoati bir xil yoʼnalishga, qibla tomonga sajda qilishadi.

.Bu yoʻnalish asosan musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzini qaratib turadigan yoʻnalish hisoblanadi. Islomda Kaʼba Ibrohim va Ismoil paygʻambarlar tomonidan qurilgan muqaddas joy ekanligiga ishonishadi.Undan qibla sifatida foydalanish Alloh tomonidan Qur'onning bir necha oyatlarida nozil qilingan.Ushbu oyatlar Muhammad alayhissalomga hijriy ikkinchi yilda vahiy qilingan. Bu vahiydan oldin Muhammad va uning Madinadagi tarafdorari ibodat qilish uchun Quddus tomonga qarab namoz oʻqishgan.Aksariyat masjidlarda mehrob (devorga ravoq shaklida ishlangan joy) mavjud.,U qibla tomonga oʻrnatiladi va shu tomonga qarab azon aytiladi

Islomdagi koʻp marosimlar ham, odatda, Qiblaga qarab bajariladi.Qibla ehromga kirish (haj ziyoratidagi muqaddas holat); zabiha (islomda jonivorlarni halollab soʻyish) paytida hayvonlarning qaysi tomonga burilishi; duo qilish uchun tavsiya etilgan yoʻnalishdir.Marhum koʻmilganda ham uning yuzi qiblaga qaratib qoʻyiladi.Islom shariati Qibla tomonni ulugʻlaydi, Qibla tomonga oyoqlarni uzatib oʻtirish, yotish va u tomonga tupurish odobsizlik hisoblanadi Qiblani Kaʼbaning aniq yoʻnalishini bilgan holda (ayn al-kaʼba) yoki umumiy tomonga qaragan holda (jihatul-kaʼba) aniqlash mumkin. Aksariyat islom ulamolari, namoz oʻqish va shu kabi holatlarda ayn-al- kaʼbani aniqlab boʻlmasa, jihatul-kaʼbani qabul qilish mumkin, deb hisoblaydilar.

Osmon jismlari va hodisalarini oʻrganuvchi musulmon olimlar joylashuv uchun qoʻllaydigan eng keng tarqalgan taʼrif Yer sxarida Kaʼbadan oʻtadigan katta doira yoʻnalishidir. Bu maʼlum joydan Kaʼbaga qadar mumkin boʻlgan eng qisqa yoʻlning yoʻnalishi boʻlib, joylashuv va Kaʼbaning manzillarini kiritiladi.Bu esa sferik trigonometriya formulasidan foydalangan holda qiblani aniq hisoblash imkonini beradi (quyidagi formulaga qarang).Bu usul musulmonlar uchun mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va qibla kompas kabi asboblarda ishlatiladigan qibla jadvallarini tuzish uchun qoʻllaniladi. Quyosh Makkada yiliga ikki marta toʻgʻridan-toʻgʻri tepada joylashganida, vertikal tayoq soyasini kuzatish orqali ham qiblani aniqlash mumkin. Bu hol 27-28-may kunlari, Saudiya Arabistoni standart vaqti bilan soat 12:18 (09:18). UTC) va 15 va 16-Iyul kunlari soat 12:27 SAST (09:27 UTC)da yuz beradi

Islom olamida astronomiya fanining rivojlanishidan avval musulmonlar qiblani aniqlashda an’anaviy usullardan foydalanganlar. Bu usullar Muhammad alayhissalomning sahobalari bir joyda boʻlganlarida qoʻllagan yoʻnalishga yuzlanishni oʻz ichiga oladi; samoviy jismlarning joylashgan oʻrni va koʻtarilish nuqtalaridan; shamol yoʻnalishidan foydalanish; yoki Muhammadning Madinadagi qiblasi boʻlgan janub tomonni aniqlash shu usullardan biridir. Ilk islom astronomiyasi hind va yunon olimlari, ayniqsa Ptolemey asarlari asosida qurilgan va tez orada musulmon astronomlari 9-asr oʻrtalaridan boshlab qiblaning taxminiy yoʻnalishlarini hisoblash usullarini ishlab chiqdilar. 9-10-asr oxirlarida musulmon astronomlari qiblaning aniq yoʻnalishini topish uchun zamonaviy formulalarga oʻxshash usullarni ishlab chiqdilar. Dastlab, bu „munajjimlar qiblasi“ anʼanaviy tarzda belgilangan turli xil qiblani aniqlash usullari bilan birga ishlatilgan, natijada oʻrta asrda musulmon shaharlarida juda xilma-xillik paydo boʻlgan. Qolaversa, astronomik usullarning aniq natija berishi uchun zarur boʻlgan aniq geografik maʼlumotlar XVIII—XIX asrlarga qadar mavjud boʻlmagan, natijada qiblaning yanada xilma-xilligi yuzaga kelgan. Turli qiblalarga ega boʻlgan tarixiy masjidlar bugungi kunda ham islom olamida saqlanib qolgan. Dindor musulmon Shayx Muszaphar Shukorning 2007-yilda Yer orbitasidan Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga uchishi qibla yoʻnalishi boʻyicha munozaraga sabab boʻldi.U astronavtlar uchun „mumkin boʻlgan narsaga qarab“ qiblani aniqlash usulini yoqladi va vatanidagi Malayziya islomiy maʼmuriyatini bu usulni qoʻllab-quvvatlashga undadi


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search