Rim raqamlari

Rim raqamlari — qadimgi rimliklar qoʻllagan raqamlar.

Rim raqamlari 7 ta: I, V, X, L,C, D, M. Rim raqamlar aslida lotin harflari boʻlib, ularning son qiymatlari quyidagicha:

Simvol I V X L C D M
Qiymat 1 5 10 50 100 500 1000

Har qanday natural sonni Rim raqamlari yordamida yozish mumkin, bunda quyidagi qoidaga rioya qilinadi:

  1. katta raqam kichigidan oldin yozilsa, raqamlar qoʻshiladi.xaxaxaxa

Masalan, LI = 50 + 1 = 51; CI = 100 + 1 = 101; XI = 10 + 1 = 11.

  1. kichik raqam kattasidan oldin yozilsa, katta raqamdan kichigi ayriladi.

Masalan IL = 50 — 1 = 49; IC = 100 — 1 = 99; IX = 10 — 1 = 9.

Sonlarni yozishda ayni bir Rim raqamlari ketma-ket 3 martadan koʻp qatnashmaydi.

Masalan, XXX = 30, ammo 40 oʻrniga XXXX emas, balki XL = 50 — 10 = 40 yoziladi. Rim raqamlari yordamida sonlar ustida arifmetik amallar bajarish noqulay. Rim raqamlari endilikda asrlar, asar boblari, oylarning raqamlari, tartib sonlarini belgilashda qoʻllaniladi.

Masalan, XXI asr, VII bob, sentyabr — IX oy, III chorak.[1]

Qadimgi rim xalqlari hozirgi kunda ham „rim raqamlari“ nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimdan foydalanganlar. Biz va butun dunyo, bu tizimdan hozirda ham bayram kunlarini belgilashda, konferensiyalarning tartib raqamini belgilashda, kitobning boblarini (masalan, soʻz boshi betlarini), tarixdagi asrlarni, she’rlarning bandlarini va hokazolarni raqamlashda juda keng foydalanamiz.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search