Samarqand

Samarqand
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
39°39′15″N 66°57′35″E / 39.65417°N 66.95972°E / 39.65417; 66.95972
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Samarqand Viloyati
Hukumat
 • Hokim Fazliddin Umarov [1]
Avvalgi nomlari Maroqand (Marakanda)
Maydon 55 mingError in convert: Unit name "ming" is not known (help)
Iqlim turi subtropik-ichkikontinental
Rasmiy til(lar)i Oʻzbek tili
Aholisi
 (2024-yil 1-yanvar)
3mil 50ming kishi
Zichligi 300 kishi/km2
Milliy tarkib oʻzbeklar, tojiklar, ruslar, forslar, armanlar, tatarlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar, shuningdek xristianlar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 66
Pochta indeks(lar)i Amir Temur ordeni1401XX
Avtomobil kodi 14 (1998—2008), 30-39 (2008)
Samarqand xaritada
Samarqand
Samarqand
Samarqand xaritada
Samarqand
Samarqand

Samarqand – Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qoʻngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yoʻli) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni −120 km². Aholisi-3 mln 50 ming kishi (2024). 2022-yilning 15-16-sentabr kunlari ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻlgan Samarqand sammiti boʻlib oʻtgan.

  1. Samarqand shahri hokimi oʻzgardi

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search