Saxalar

Saxalar (Saxa)
Umumiy aholi soni

520,000

Katta aholiga ega mintaqalar
Rossiya
Tillar
Saxa, Ruscha
Dinlar
Nasroniy,Shomoniylik
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar

Saxalar (rus manbalarida yakutlar) — xalq. Saxa Respublikasining tub aholisi (365 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Rossiyada jami 380 ming kishi. Saxa tilila soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. S. etnogenezi juda murakkab. S. Baykal boʻyidan Lena daryosining oʻrta oqimi boʻyiga koʻchib kelib (10—14—15-asrlarda), tub aholi (evenklar, yukagirlar) bilan qoʻshilib ketishgan. S. turkiyzabon xalqlardan uzokdashib ketsalarda, chorvachilik bilan shugʻullansalarda, lekin oʻz qoʻshnilari — Shimolida yashovchi, ovchilik xoʻjaligi yurituvchi kichik xalqdardan keskin farq qilishadi. S, shuningdek, dehqonchilik, polizchilik, baliq ovlash, bugʻuchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.[1]

Saxalar (oʻzlarini — uranxay saxa deb atashadi) — tukiy xalq,Saxa Respublikasining mahalliy aholisi. Saxa tili turkiy tillardan biridir.Saxa tilida juda ham koʻp moʻgʻulcha soʻzlar uchraydi, shu bilan birga paleoazit tillaridan ham soʻzlar oʻtgan, ayniqsa shimoliy saxalarda.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search