Shanxay hamkorlik tashkiloti

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti,
xitoycha: 上海合作组织
ruscha: Шанхайская организация сотрудничества

Davlat rahbarlari hujjatlarni imzolash jarayoni

  Aʼzolar
  Kuzatuvchilar
  Muloqat boʻyicha hamkorlar
Turi Xalqaro tashkilot
Ishga tushgan sanasi 15-iyun 2001-yil[1]
Joylashuvi Pekin, XXR Xitoy
Asoschi(lar)i Qozogʻiston,
Xitoy,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston,
Oʻzbekiston
Bosh kotib Chjan Min[2]
Ijrochi kotib Xitoy Zhang Ming
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Oʻzbekiston Ruslan Mirzayev[3]
Aʼzolari

10 aʼzo davlatlar[4]



2 ta kuzatuvchi davlat



6 muloqat boʻyicha hamkorlar


Vebsayti www.sectsco.org
Til(lar)i Rus, Xitoy
Shanghai Cooperation Organization after 2022 Samarkand Summit.png

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

  1. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  2. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  3. https://daryo.uz/2021/09/17/shavkat-mirziyoyev-shht-majlisida-kibermakondagi-tahdidlarga-qarshi-axborot-xavfsizligi-sohasidagi-ekspertlar-forumini-tasis-etishni-ilgari-surdi/
  4. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  5. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named kun
  6. https://daryo.uz/2022/08/20/putin-va-si-szinpin-g20-sammitini-kutmasdan-samarqandda-shht-sammitida-uchrashishi-mumkin/
  7. „Эрон асосий таркибда“. Kun.uz (2021-yil 18-sentyabr).

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search