Shimoliy Amerika

Shimoliy Amerika
Maydoni 24,709,000 km²
Aholisi 528,720,588 (2008)
Aholi zichligi 22.8/km2
Etnoxoronim Shimoliy Amerikalik
Davlatlar 23 ta
Tillar Inglizcha, Fransuzcha, Ispancha va boshqa asosiy tillar
Vaqt mintaqalari UTC-10dan UTCgacha
Yirik shaharlar Mexiko shahri, New York, Toronto, Los Angeles, Chicago, San Francisco, Miami, Filadelfiya
Shimoliy Amerikaning sunʼiy yoʻldoshdan koʻrinishi

Shimoliy Amerika, Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan qitʼa, Gʻarbiy yarimsharning shimoliy qismidagi materik, Amerika qitʼasining shimoliy yarmi. Shimoldan Shimoliy Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va janubi-sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shimoldada Merchison burni (71°50 shimoliy kenglik.), gʻarbda Shahzoda Wales burni (168° gʻarbiy uzunlik.), sharqda Sent Charlz burni (55°40° gʻarbiy uzunlik.), janubda Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Shimoliy Amerikaga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Maydoni 20,36 million km², orollari bilan 24,25 million km². Yirik orollari: Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagi, VestIndiya va materikning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi orollar: Aleut, Qirolicha Charlotte, Vankuver va boshqalar Yirik yarim orollari: shimoldada Butiya, Melvill, sharqsa Labrador, Florida, Yukatan, gʻarbda Kaliforniya, Alyaska, Syuard.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search