Shtat (AQSh)

Amerika Qoʻshma Shtatlarida shtat federatsiya subyektlarining nomidir. AQShdagi shtatlarning umumiy soni 50 ta boʻlib, ular bir-birlari bilan siyosiy ittifoq tuzishgan. Har bir shtat geografik hududiga koʻra maʼmuriy yuridiksiyaga ega hamda markaziy hukumat bilan oʻzaro munosabatlari federal konstitutsiya bilan belgilanadi[1]. Bir shtatdan boshqasiga oʻtish uchun davlat ruxsatnomasi talab etilmaydi (sud qarori bilan huquqlari cheklangan shaxslar, masalan, shartli ravishda ozod qilingan kishilar yoki ajrashgan ota-onalarning farzandlari bundan mustasnodir).

  1. Erler, Edward „Essays on Amendment XIV: Citizenship“. The Heritage Foundation. 19-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2017-yil.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search