Suriya gerbi

Suriya gerbi
Mamlakat Suriya
Qabul qilindi 1980

Suriya gerbi (arabcha: شعار سوريا) ‎ — Suriyaning davlat ramzi[1]

Suriya gerbida — chap tomonga qarab turgan, koʻkragida rangli oq va qora vertikal chiziqli oʻrtadasida ikkita yashil besh qirrali yulduzi bor davlat bayrogʻi qalqoni boʻlgan oltin rangli „Quraysh kalxati“ tasvirlanadi. Lochin panjalarida, yashil rang bilan arab tilida davlat nomi yozilgan lenta turuib turadi: Dumida ikkita oltin bugʻdoy boshoqli novdalar bor.[2]

Lochin va qirgʻiylar arablarning sevimli qushlari boʻlib, ular maqom ramzi sifatida koʻriladi. Lochin Muhammad s.a.v paygʻambarga mansub boʻlgan Quraysh qabilasining ramzi boʻlgan deb ishoniladi. Bayroqning ranglari umumarab : yashil rang Fotimiylar sulolasini, oq rang Umaviylar uchun, qora rang Abbosiylar uchun va qizil rang esa Hoshimiylarni anglatadi. Bundan tashqari, qizil rang mustamlakachi rejimga qarshi kurashni, oq rang — „qonsiz“ inqilobni, qora — Britaniya mustamlakachi rejimining zulmining tugatilishini anglatadi

  1. Gerb Sirii
  2. Syria Emblem

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search