Tabriz

Tabriz

forscha: تبریز
Shahar
38°4′26″N 46°17′46″E / 38.07389°N 46.29611°E / 38.07389; 46.29611
Mamlakat Eron
Viloyat 3
Provinsiya Sharqiy Ozarbayjon
Tuman Tabriz
Hukumat
 • Mayor Yagʻub Hushyar
Maydon 325 km2 (125 kv mi)
Markazi balandligi 1351.4 m
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi 041
Pochta indeks(lar)i 51368
Tabriz xaritada
Tabriz
Tabriz

Tabriz (forscha: تبریز)[lower-alpha 1] — Eronning shimoli-gʻarbida joylashgan Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Tabriz tumaniga qarashli shahar. Mazkur shahar Eronda aholi soni boʻyicha oltinchi yirik shahardir.

Tabriz Eronning tarixiy Ozarbayjon viloyatidagi Quru daryosi vodiysida[1], Sahand va Eynali togʻlaridagi vulqon konuslarining uzun tizmalari orasida joylashgan. Tabrizning dengiz sathidan balandligi 1,350 and 1,600 m (4,430 and 5,250 ft) gacha yetadi. Vodiy Urmiya koʻlining sharqiy qirgʻoqlarigacha pasayib, tekislikka aylib boradi. U gʻarbga tomon 60 km (37 mi) gacha choʻzilgan. Shahar 2015-yil oktyabr oyida Butunjahon hunarmandlar kengashi[2] tomonidan Jahon gilam toʻqish shahri va Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan 2018-yilning namunali sayyohlik shahri sifatida etirof etilgan[3][4].

Aholisi 1,7 milliondan ortiq (2016) boʻlgan[5] Tabriz shahri, Eronning shimoli-gʻarbiy qismidagi eng yirik iqtisodiy markaz va metropoliten hisoblanadi. Aholisi ikki tilli boʻlib, koʻpchilik ona tili sifatida ozarbayjon tilida, ikkinchi til sifatida esa fors tilida soʻzlashadi[6]. Tabriz avtomobilsozlik, mexanizmlar, neftni qayta ishlash zavodlari, neft-kimyo, toʻqimachilik va sement ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yirik ogʻir sanoat markazi hisoblanadi[7]. Shahar oʻzining hunarmandchiligi, jumladan, qoʻlda toʻqilgan gilam va zargarlik buyumlari bilan mashhur. Mahalliy qandolat mahsulotlari, shokolad, quritilgan yongʻoqlar va anʼanaviy Tabriziy taomlari butun Eronda eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan. Eronning shimoli-gʻarbiy qismidagi eng mashhur madaniy muassasalar ham ayni Tabriz hududida joylashgan boʻlib, shahar intellektual faoliyat markazi hisoblanadi.

Tabrizda koʻplab tarixiy obidalar mavjud boʻlib, ular Eronning uzoq tarixi davomidagi meʼmoriy oʻtish davrini oʻzida ifodalaydi. Tabrizning saqlanib qolgan tarixiy hududlarining aksariyati Ilxoniylar, Safaviylar va Qojarlar davriga tegishli[8][9]. Bu manzilgohlar orasida Tabrizning katta bozori ham bor, u Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[10][11]. Ilk yangi davrdan boshlab, Tabriz uchta qoʻshni mintaqalarning (Kavkaz, Sharqiy Anadolu va Markaziy Eron) rivojlanishi va iqtisodiyotida muhim rol oʻynagan[12]. Zamonaviy davrda, shahar Eron tarixida muhim ahamiyat kasb etgan. Mamlakatning Yevropaga eng yaqin markazi boʻlganligi uchun ham, Eronda erta modernizatsiyaning koʻp jihatlari Tabrizda boshlangan[12]. 19-asrning birinchi yarmidagi ikki rus-fors urushidan keyin Qajarlar sulolasining Kavkaz hududlari Imperator Rossiyasiga majburan berilgunga qadar, Tabriz oʻzining Kavkaz hududlari ustidan Eron hukmronligini amalda ushlab turgan. 1925-yilgacha shahar Qajar toj knyazlarining anʼanaviy qarorgohi boʻlgan.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

  1. "AZERBAIJAN". Encyclopaedia Iranica, Vol. III, Fasc. 2–3. 1987. 205–257 b. Archived from the original on 2013-01-23. https://web.archive.org/web/20130123020411/http://www.iranicaonline.org/articles/azerbaijan-index. Qaraldi: 2019-01-13. 
  2. „Celebration of the 'World Carpet Weaving City' on 6 Oct, 2015, in Tabriz, Iran“. World Crafts Council Asia Pacific region. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  3. „Tabriz named as exemplary tourism city for 2018“. realiran (2015-yil 24-dekabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  4. „Tabriz selected OIC City of Tourism for 2018“. IRNA (2015-yil 24-dekabr). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  5. نتايج سرشماري – جمعيت و خانوار به ترتيب استان، شهرستان. Statistical Center of Iran. 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
  6. „2011 Census – Natayej“. Statistical Centre. 2014-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-fevral.
  7. „Results of national 2007 census“. Statistical Center of Iran. 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  8. „East Azerbaijan Geography“. Iranian Ministry of Education (2000). 2012-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „de beste bron van informatie over tabrizcity. Deze website is te koop!“. tabrizcity.org. 2007-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-aprel.
  10. „Tabriz Historic Bazaar Complex“. UNESCO World Heritage Centre. UNESCO (2010-yil 31-iyul). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-aprel.
  11. Assari, Ali; Mahesh, T. M. (December 2011). "Compatitive Sustainability of bazaar in Iranian traditional cities: Case Studies in Isfahan and Tabriz". International Journal on Technical and Physical Problems of Engineering 3 (9): 18–24. Archived from the original on 2018-12-22. https://web.archive.org/web/20181222163420/http://www.iotpe.com/IJTPE/IJTPE-2011/IJTPE-Issue9-Vol3-No4-Dec2011/3-IJTPE-Issue9-Vol3-No4-Dec2011-pp18-24.pdf. Qaraldi: 2013-01-07. Tabriz]]
  12. 12,0 12,1 electricpulp.com. "TABRIZ v. The city in the 19th century". Encyclopaedia Iranica. Archived from the original on 2020-10-25. https://web.archive.org/web/20201025143610/https://iranicaonline.org/articles/tabriz-05-city-in-19th-cent. Qaraldi: 2015-05-25. 

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search