Tazkiya

Tazkiya (arabcha: تزكية) – arabcha-islomiy atama. Atama tazkiyat an-nafsga ishora boʻlib, „nafsni poklash“ yoki „poklanish“ maʼnosini bildiradi. Bunda nafs turli maʼnaviy bosqichlardan oʻtib, poklik va Alloh irodasiga boʻysunish darajasigacha oʻzgarish jarayoni nazarda tutiladi[1]. Uning asosi shariatni va amallarni maʼlum boʻlgan sahih sunnatlardan oʻrganish va ularni oʻz hayotiga tatbiq etish, natijada Xudoni ruhiy anglash (uning borligidan doimo xabardor boʻlish), ilm egallash, fikr va amallarda uni doimiy zikr qilish. Tazkiya ehsonning (diniy ijtimoiy mas’uliyat) eng yuqori darajasi, islomning uch jihatidan biri hisoblanadi. Oʻzini poklagan kishiga zakiy (arabcha: زكيّ) deyiladi.

  1. Tazkiyah: Purification of the Soul

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search