Toksik erkaklik

Toksik erkaklik tushunchasi – akademik va ommaviy axborot vositalaridagi munozaralarda koʻp ishlatiladigan tushuncha. Ushbu atama gegemon erkaklikning baʼzi ijtimoiy halokatli jihatlariga, masalan, mizoginiya, gomofobiya va zoʻravon hukmronlik kabi jihatlarini ifoda qilish uchun ishlatiladi. Bu xususiyatlar zoʻravonlikni: jinsiy zoʻravonlik va oiladagi zoʻravonlikni targʻib qilgani uchun „toksik“ deyiladi. Gegemon erkaklikda qoʻrqitish yoki tajovuz qilish orqaligina „oʻgʻil bolalar haqiqiy oʻgʻil boʻla oladi“ degan qarashlar ham baʼzan uchraydi. Oʻgʻil bolalarning ijtimoiylashuvi baʼzan shunday va shunga oʻxshash zoʻravonliklarning koʻrsatkichini pasaytiradi.

Stressning kuchayishi va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishga oʻrganib qolish kabi psixologik muammolar erkaklarda oʻziga oʻta ishonish va ruhiy tushkunlikning kuchayishiga olib keladi. Toksik erkaklik xususiyatlarini qamoqxonalardagi erkaklar oʻrtasida soʻzsiz qabul qilinadigan qoidalarda ham koʻrishimiz mumkin[1].

Mehnatga sadoqat, sport bilan shugʻullanishdan gʻururlanish va oilani boqish kabi anʼanaviy erkaklarga xos xususiyatlar „toksik“ deb hisoblanmaydi. Ushbu kontseptsiya dastlab Shepherd Bliss kabi mifopoetik erkaklar harakati bilan bogʻliq mualliflar tomonidan ishlatilgan. Bu mualliflar erkaklik haqidagi stereotipik tushunchalarni „haqiqiy“ erkaklikka qarama-qarshi qoʻyishgan, ularning fikricha, zamonaviy jamiyatda „haqiqiy“ erkaklik qadriyatlari bilan aloqalar tugagan. Toksik erkaklik atamasini tanqidchilar erkakning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqmagan holda tavsiflashgan deb taʼkidlashgan[2].

Toksik erkaklik konsepsiyasi konservativ yozuvchilar va mualliflar tomonidan anʼanaviy erkaklikni ortiqcha qoralash sifatida tanqid qilindi[3], 2019-yil yanvar oyida konservativ siyosiy sharhlovchilar American Psychological Association (Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi)ning yangi koʻrsatmalarini „anʼanaviy erkaklik mafkurasi“ bilan bogʻliq zararlar haqida ogohlantirish sifatida tanqid qilishdi. Bu erkaklikka qarshi hujum ekanligini taʼkidlanadi[4] va baʼzi feministlar[5] tomonidan erkaklik bilan bogʻliq zararli xulq-atvor va munosabatlarni keltirib chiqarishda tanlov va kontekstning rolini eʼtiborsiz qoldiradigan essensiyaviy tushuncha sifatida eʼtirof etiladi[6].

  1. Sculos, Bryant W. (2017). „Who's Afraid of 'Toxic Masculinity'?“. Class, Race and Corporate Power. 5-jild, № 3. Miami, Florida: Berkeley Electronic Press. doi:10.25148/CRCP.5.3.006517. Qaraldi: 3–yanvar 2024–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Salter, Michael. „The Problem With a Fight Against Toxic Masculinity“. The Atlantic (2023-yil 27-fevral). Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.
  3. Sculos, Bryant W. (2017). "Who's Afraid of 'Toxic Masculinity'?". Class, Race and Corporate Power (Miami, Florida: Berkeley Electronic Press) 5 (3). doi:10.25148/CRCP.5.3.006517. http://digitalcommons.fiu.edu/classracecorporatepower/vol5/iss3/6. Qaraldi: January 20, 2021. Toksik erkaklik]]
  4. Dastagir, Alia E.. „Psychologists call 'traditional masculinity' harmful, face uproar from conservatives“. USA Today (2019-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
  5. McCann, Hannah (June 2020). "Is there anything 'toxic' about femininity? The rigid femininities that keep us locked in". Psychology & Sexuality (London, England: Taylor & Francis) 13 (1). doi:10.1080/19419899.2020.1785534. 
  6. Waling, Andrea (October 2019). "Problematising 'Toxic' and 'Healthy' Masculinity for Addressing Gender Inequalities". Australian Feminist Studies (Adelaide, Australia: Routledge) 34 (101): 362-375. doi:10.1080/08164649.2019.1679021. 

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search