Turkman tili

Turkman tili
Milliy nomi Türkmençe, Türkmen dili, Түркменче, Түркмен дили, تورکمن ﺗﻴﻠی,تورکمنچه
Mamlakatlar Afgʻoniston[1], Eron[2], Turkmaniston[3], Tojikiston[4], Oʻzbekiston[5] va Pokiston[6]
Rasmiylik holati Turkmaniston Turkmaniston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 563 000[7]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi lotin, kirill, arab
Til kodlari
ISO 639-1 tk
ISO 639-2 tuk
ISO 639-3 tuk

Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,5 mln. (jumladan, Turkmanistonda 5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 220 ming, Afgʻonistonda 1 mln, Eronda 1 mlna yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va boshqa Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi.

Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s vaz undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va boshqa Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.

Eski adabiy Turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy Turkman tili esa 20-asrning 20-yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928-yilgacha arab, 1929—40 yillarda lotin, 1940— 90-yillarda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991-yildan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.

Turkman tili' (Lotin alifbosida: türkmen dili, Kriill alifbosida: Түркмен дили, ISO 639-1: tk, ISO 639-2: tuk) — Turkmanistonning milliy tili. Bu tilda Turkmanistonning oʻzida taxminan 3430000 kishi gapiradi. Turkman tilida gaplashadiganlarni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Jahonda turkman tilida gaplashadiganlar soni
Hudud Soni Axborotning yillari
Turkmaniston 5000 000[7] 2020
Eron 1 000 000[7] 2023
Afg'oniston 1000 000[7] 2022
Oʻzbekiston 220 000[7] 2021
Turkiya 920 1982[7]
Tojikiston taxminan 90 ming kishi
Qozog'iston taxminan 90 ming kishi
Rossiya taxminan 90 ming kishi
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. (unspecified title)
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online: Report for language code: tuk

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search