Turkmanlar

Turkmanlar
A Turkman qizi turkmanlarning milliy kiyimida.
Umumiy aholi soni

~7,5million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Turkmaniston 5,000,000
 Eron 1,000,000
 Afgʻoniston 1,000,000
 Oʻzbekiston 220,000
 Pokiston 60,000
 Rossiya 46,000
 Ukraina 7,000
Tillar
Turkmancha
Dinlar
Sunnat Islom.
Qarindosh etnik guruhlar
Turkiy xalqlar

Turkmanlar — xalq, turkmanlar Oʻrta Osiyodagi millat, asosiy aholisi (2537 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston, Shimoliy Kavkaz, Astraxon viloyati va Rossiya Federatsiyasining bir nechta shaharlarida, Afgʻoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 7,5 mln. kishi. Turkman tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

T.ning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari, qisman qad. Margʻiyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. 1ming yillik oʻrtalarida Kaspiy boʻyi choʻllarida turkiy qabilalar, 9-asrda oʻgʻuzlar paydo boʻlgan. Ular T.ning etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻgʻuzlarning asosiy guruhi 11-asrda shimoli-sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. 15-asrda turkman elati shakllangan. 20-asrgacha T.da qabilaurugʻlarga ajralish saqlangan. Ulardan eng yiriklari: takalar, yovmutlar, ersari, solurlar, sariklar, gyoklan va choudorlar boʻlgan.

Turkmanlar (turkm. Türkmenler) — Turkiy millat. Turkman tilida gapirishadi. Asosiy xalqi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Turkmanlarning bir qismi Eron, Afgʻoniston va Rossiyada istiqomat qilishadi. Boshqa turkiy xalqlar qardosh xalqlar hisoblanishadi. Eng yaqinlari turklar va ozarbayjonlar. Asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilikdir. Turkmanlar dunyoga oʻzlarining otlari bilan juda mashhurdirlar, ayniqsa axaltekin otlari.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search