UEFA Yevro 2024 finali

Yevro-2024 finali

Olympiastadion. Berlin
Turnir UEFA Yevro 2024
Sana 14-iyul, 2024-yil(2024-07-14)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Olympiastadion, Berlin
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Nico Williams (Ispaniya)[1]
Hakam François Letexier (Fransiya)[2]
Tomoshabinlar soni 65,600[3]
Ob-havo Partly cloudy night
22 °C (72 °F)
53% humidity[4]
2020
2028

UEFA Yevro 2024 finali Yevropa chempionati gʻoliblarini aniqlagan futbol oʻyini boʻldi. Ushbu oʻyin toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan UEFA Yevropa chempionatining 17-finali boʻlib, UEFAga aʼzo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari Yevropa chempionlarini aniqlash uchun kurash olib boradi. Oʻyin 2024-yil 14-iyul kuni Germaniyaning Berlin shahridagi „Olimpiastadion“ da boʻlib oʻtdi va Ispaniya oʻzining beshinchi finalida, Angliya esa umumiy va ketma-ket ikkinchi finalida bahslashdi. Bu Angliyaning chet elda boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi yirik turnir finalida ilk bor chiqishi edi[5][6].

65,600 tomoshabin koʻz oʻngida final sekin boshlandi, birinchi boʻlim golsiz va darvoza oldida katta shov-shuvsiz oʻtdi. Ispaniyalik Rodri tanaffusga qadar jarohat oldi va bu vaqt oraligʻida Martín Zubimendini almashtirishga majbur boʻldi. Ispaniya ikkinchi boʻlimni kuchli boshladi va Yevropa chempionati finalida eng yosh assistentga aylangan Lamine Yamalning golli uzatmasi evaziga Nico Williams tomonidan darhol raqib darvozasini ishgʻol qildi va hisobni 1:0 koʻrinishiga olib keldi. Ispaniya ikkinchi boʻlimda gol urish imkoniyatlarini koʻpaytirdi. Cole Palmer ikkinchi boʻlimda zahiradan oʻyinga qoʻshilganida 3 daqiqa oʻtib Ispaniya terma jamoasiga jarima maydoni tashqarisidan gol urdi va hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi. Ispaniyaning ham ikkinchi boʻlimda zahiradan oʻyinga qoʻshilgan futbolchilarining harakatlari oʻz samarasini berdi. Mikel Oyarzabal oʻyin yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida Angliya termasi darvozasiga gol urib hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi va jamoasining toʻrtinchi bor Yevropa chempionati gʻalaba qozonishida asosiy vazifani bajardi. Niko Uilyams oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, Rodri esa turnirning eng yaxshi futbolchisi unvonini oldi. Lamine Yamal „Eng yaxshi yosh oʻyinchi“ mukofotini oldi va musobaqada gʻolib chiqqan eng yosh futbolchiga aylandi.

Ispaniya final oʻyinida 2-1 hisobida gʻalaba qozonib, musoboqada rekord darajadagi, toʻrtinchi marta UEFA Yevropa chempionati gʻolibi boʻldi va musoboqada uch marta chempion boʻlgan Germaniyani ortda qoldirib, 1964, 2008 va 2012-yildan soʻng toʻrtinchi chempionlik unvoniga erishdi. Bu Ispaniyaning Beshta Yevropa chempionati finallaridagi toʻrtinchi gʻalabasi edi. 1984-yilgi Yevripa chempionatia Fransiya barcha beshta oʻyinda gʻalaba qozonganidan beri ilk bor bu natija yaxshilandi va Ispanlar birinchi marta yettita oʻyinning barchasida gʻalaba qozonishdi. Angliya terma jamoasi 1960 va 1964-yillarda Sovet Ittifoqi, 1972 va 1976-yillarda Gʻarbiy Germaniya, 1992 va 1996-yillarda birlashgan Germaniya, 2008 va 2012-yillarda Ispaniya va 2008 va 2012-yillarda terma jamoalaridan keyin ketma-ket ikki yevro finalda qatnashgan beshinchi jamoa boʻldi va ketma-ket ikkita finalda magʻlub boʻlgan birinchi jamoa boʻldi[7].

  1. „Official UEFA EURO 2024 final Vivo Player of the Match: Spain's Nico Williams“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named referees
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ESP-ENG attendance
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ESP-ENG line-ups
  5. „Euro 2024 final: England must be 'tactically perfect' to beat Spain - Gareth Southgate“. BBC Sport (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  6. „UEFA Euro 2024 match schedule“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  7. „Spain 2–1 England: Late Oyarzabal winner earns La Roja record fourth EURO crown“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search