Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat

Vikipediya ensiklopediyadir, yaʼni unda insoniyatning barcha sohalariga oid bilimlar jamlanadi. Odatda, hamma mavzular ensiklopedik tavsifga loyiq hisoblanmaydi. Faqatgina ahamiyatga molik, umumiy turkumdan jiddiy ravishda farq qiluvchi mavzular ensiklopedik tavsifga loyiq hisoblanadi. Ahamiyatga moliklik tushunchasi muhimlik va taniqlilik tushunchalari bilan oʻzaro bogʻlangan, lekin ular bilan bir xil emas.

Vikipediyada maqola mavzusi yoki predmeti ahamiyatga molik boʻlishning umumiy mezoniga yoki qaysidir mezonlaridan biriga mos kelsa, shu maqola shartli ravishda loyiq deb hisoblanadi. Bundan tashqari, agar amaldagi ahamiyatga moliklik mezoni umumiy mezon bilan oʻzaro boʻliqligi yoʻq boʻlsa, umumiy mezon qoʻllamasdan, ahamiyatga moliklik faqatgina oʻsha mezon bilan belgilanadi.

Ahamiyatga moliklik qoidalari va koʻrsatmalari mavzuning yetarlicha ahamiyatga ega yoki ega emasligini aniqlash imkonini beradi, lekin maqolalar mazmuniga bevosita dahl qilmaydi. Maqolalar mazmunini tartibga soluvchi qoidalar quyidagilardir: Neytral nuqtai nazar, Tekshirish mumkinligi, Original tadqiqotga yoʻl qoʻyilmasligi, Vikipediya nima emas.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search