Xitoy

Xitoy Xalq Respublikasi
中華人民共和國 / 中华人民共和国
Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó
Madhiya: The March of the Volunteers
Location of Xitoy
Poytaxt Pekin
Rasmiy til(lar) Xitoy tili
Yetakchilar
• Prezident
Xi Jinping
• Premyer
Li Keqiang
Mustaqillik
1-yanvar 1912-yil
1-oktabr 1949-yil
Maydon
• Butun
9,596,962 km2 (3-oʻrin)
• Suv (%)
3,8
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
1,425,362,262 (2-oʻrin)
• Zichlik 139,6/km2
YIM (XQT) 2011-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$ 11.299 trln
• Jon boshiga
AQSh$ 8,382
Pul birligi Yuan Renminbi (CNY)
Qisqartma CH
Telefon prefiksi 86
Internet domeni .cn

Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 — 中华人民共和国 — Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 milliard 425 million kishi (2024). Poytaxti — Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search